Bu modulda ilovani komponentlarga bo’lish va ular orasida ma’lumot uzatish o’rganildi.
Nega bir nechta komponent
Butun ilovani bitta App ichida yozish tez orada o’qib bo’lmas holga keladi. Qoida: ekranda ko’zga alohida bo’lak bo’lib ko’ringan narsa (karta, sarlavha paneli, ro’yxat elementi) — alohida komponentga ajratiladi. Har komponent o’z faylida turadi va export default qilinadi.
Props — otadan bolaga
Props — komponentga tashqaridan beriladigan qiymatlar; funksiya parametrlari kabi qabul qilinadi:
function KursKarta({ nom, daraja }) {
return (
{nom}
{daraja}
<KursKarta nom="ReactJS" daraja="O'rta" />
<KursKarta nom="HTML" daraja="Boshlang'ich" />
Natija: bitta komponentdan ikki xil karta.
Muhim qoida: props faqat o’qiladi. Bola komponent kelgan props’ni o’zgartirmaydi — ma’lumotning egasi ota, bola faqat ko’rsatadi.
Fragment
Komponent bitta ildiz qaytarishi kerak, lekin ortiqcha
DOM’ni ifloslaydi. Yechim — fragment:
return (
Sarlavha
Matn
<>...</> — sahifaga hech qanday teg qo’shmaydigan "ko’rinmas o’rov".
Children props
Ochuvchi va yopuvchi teg orasiga yozilgan hamma narsa komponentga children nomi bilan keladi:
function Modal({ children }) {
return
{children}
<Modal>
Diqqat!
Rostdan o'chirasizmi?
</Modal>
Natija: modal ichida istalgan kontent — komponent universal "idish"ga aylanadi.
Function props — boladan otaga
Props pastga oqadi; bola otaga "xabar berishi" uchun ota funksiya uzatadi, bola uni chaqiradi:
function App() {
const ochirish = (id) => console.log("O'chirildi:", id);
return <Element id={7} onDelete={ochirish} />;
function Element({ id, onDelete }) {
Natija: tugma bolada, lekin qaror otada — state qayerda bo’lsa, uni o’zgartiruvchi funksiya ham o’sha yerda.
Tipik xato. State’ni bolaga ko’chirib olishga urinish. Ro’yxat App’da tursa, o’chirish funksiyasi ham App’da yoziladi va props orqali tushiriladi — aks holda komponentlar bir-biridan bexabar qoladi.
React Portal
Portal komponentni DOM’ning boshqa joyiga (odatda body ostidagi alohida elementga) chizadi — modal va bildirishnomalar ota konteynerning overflow/z-index cheklovlaridan qutuladi. Yozilishi: createPortal(jsx, document.getElementById("modals")).
Amaliyot
- Kurs kartasini alohida komponentga ajratib, uchta har xil props bilan chaqiring.
Cardnomli universal idish yasang:childrenorqali istalgan kontent qabul qilsin.- Ro’yxat elementini alohida komponentga chiqaring: o’chirish tugmasi function props orqali otaga xabar bersin.
- Fragment ishlatib, komponentdan ortiqcha div’larni olib tashlang — DevTools’da DOM tozalanganini ko’ring.
Modul testini ishlang — keyingi modul komponentlarga uslub berish yo’llari.