Bu modulda formalarni Bootstrap bilan yig’ish o’rganildi: maydon class’lari, guruhlash va tekshiruv holatlari.
form-control va asosiy maydonlar
HTML kursidan tanish forma elementlariga Bootstrap class’lari beriladi:

Ismingiz

Natija: to’liq kenglikdagi, yumaloq burchakli, focus’da ko’k halo chiqaradigan ozoda maydon.
Naqsh doim bir xil: form-label + form-control, tashqarisida bo’shliq uchun mb-3. form-control-lg / form-control-sm — o’lcham variantlari.
Select, Checks, Radios va Range
Har element turiga o’z class’i bor — eslab qolish oson:
| Element | Class |

<select> |
form-select |
| checkbox / radio | form-check-input (o’rovchisi form-check) |
| yorlig’i | form-check-label |
slider (type="range") |
form-range |
Tipik xato. <select>ga form-control berish — ko’rinish buziladi; select uchun aynan form-select kerak.
Input group
Maydon atrofiga matn yoki tugma "yopishtirish":

Natija: chap tomonida @ belgili yagona butunlikdek ko’rinadigan maydon — narx (so’m), qidiruv tugmasi kabi holatlarda ishlatiladi.
Floating labels va Form layout
Floating label — yorliq maydon ichida turib, yozishni boshlaganingizda tepaga "suzib" chiqadi:

E-mail manzil

E’tibor: bu naqshda placeholder bo’lishi shart va label input’dan keyin yoziladi. Formani ustunlarga joylash esa tanish grid bilan qilinadi: row ichida col-md-6 maydonlar.
Validation
Bootstrap maydon holatini ko’rsatadigan class’lar beradi: is-invalid (qizil chegara + xabar) va is-valid (yashil):

Ism kiritilishi shart.

Natija: qizil chegarali maydon, ostida qizil xato matni.
needs-validation + novalidate naqshi bilan brauzerning standart xabarlari o’rniga Bootstrap ko’rinishi ishlatiladi — tekshiruvni JS yoqadi, lekin class’lar tayyor.
Amaliyot
- Ro’yxatdan o’tish formasi: ism, e-mail, parol — hammasi
form-label+form-control+mb-3naqshida. - So’rovnoma qo’shing:
form-selectshahar,form-checkqiziqishlar,form-rangebaho. - Telefon maydonini
input-groupbilan "+998" prefiksli qiling. - Login formasini floating label’larga o’tkazing.
- Bo’sh yuborilgan maydonga
is-invalid+invalid-feedbackko’rinishini qo’lda berib sinang.
Modul testini ishlang — keyingi modul kursning eng "serhosil" qismi: tayyor komponentlar.