Kursning eng katta moduli: Bootstrap’ning tayyor komponentlari. Ularni yodlash shart emas — hammasi bitta naqshda ishlaydi.
Yagona naqsh
Har komponent uch narsadan yig’iladi:
- HTML struktura — hujjatlashda tayyor turadi (nusxalab moslashtirasiz);
- class’lar — ko’rinishni beradi (
card,btn,alert alert-warning); data-bs-*atributlar — interaktivlikni JS’siz yoqadi (data-bs-toggle,data-bs-target).
Shu naqshni tushunsangiz, getbootstrap.com hujjatidan istalgan komponentni 5 daqiqada olib ishlatasiz.
Button va Card
Boshlash

HTML kursi

Noldan boshlovchilar uchun.

Ko'rish

Natija: katta yashil tugma va rasmli, sarlavhali, tugmali karta — katalog kartalarining tayyor asosi.
Tugma ranglari — yagona tizim: primary, secondary, success, danger, warning, info; btn-outline-* — konturli variant. Xuddi shu nomlar alert, badge va fon class’larida takrorlanadi.
Modal — data-bs naqshining namunasi

O'chirish

Rostdan o'chirasizmi?

Natija: tugma bosilganda ekran qorayib, o’rtada oyna ochiladi — bir qator JS yozmasdan.
data-bs-toggle — qaysi komponent ishga tushishi, data-bs-target — qaysi element (id bo’yicha). Dropdown, collapse, offcanvas, carousel — hammasi shu ikki atribut bilan boshqariladi.
Tipik xato. Modal/dropdown ochilmasa, sabab deyarli har doim ikkidan biri: bootstrap.bundle.min.js ulanmagan, yoki data-bs-targetdagi id elementnikiga mos emas.
Navbar
Sayt menyusining tayyor komponenti: navbar navbar-expand-lg — lgdan keng ekranda menyu yoyilgan, torda "gamburger" tugmaga yig’iladi (tugma data-bs-toggle="collapse" bilan ishlaydi). Ichki qismlari: navbar-brand (logo), navbar-nav (havolalar), nav-link.
Komponentlar xaritasi
Modulda ko’rilgan qolgan komponentlar — vazifasi bilan:
| Komponent | Vazifasi |

| Accordion | Ochilib-yopiladigan bo’limlar (FAQ) |
| Alert | Rangli xabar paneli |
| Badge | Kichik hisoblagich/yorliq |
| Breadcrumb | "Yo’l" navigatsiyasi |
| Carousel | Rasm slayderi |
| Collapse | Istalgan blokni yig’ish/ochish |
| Dropdown | Ochiladigan menyu |
| List group | Bezalgan ro’yxat |
| Offcanvas | Chetdan chiqadigan panel |
| Pagination | Sahifalash tugmalari |
| Popover / Tooltip | Bosganda / ustiga kelganda izoh |
| Progress / Spinner | Jarayon ko’rsatkichlari |
| Scrollspy | Scroll’ga qarab menyuni belgilash |
| Toast | Burchakdagi qisqa bildirishnoma |
Amaliyot
- Kurs katalogi qatorini yig’ing: grid ichida uchta
card, har birida tugma. - "O’chirish" tugmasiga tasdiq modali ulang.
- Sahifaga navbar qo’shing va telefonda gamburger menyu ishlashini tekshiring.
- FAQ bo’limini accordion bilan, uchta savol-javobdan yig’ing.
- Hujjatlashdan o’zingiz tanlagan bitta yangi komponentni (masalan toast) mustaqil olib ishlating — naqsh o’zlashganining asl sinovi shu.
Modul testini ishlang — keyingi modul mayda-chuyda ishlarning qiroli: utility class’lar.